Sana
December 16, 2025

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Shu munosabat bilan tashkil qilingan davra suhbatining asosiy qismida joriy yilning noyabr oyida “O‘zbektelekom” AKda sertifikatsiya auditi o‘tkazilganligiga e’tibor qaratilib, uning natijasida Kompaniyaning integratsiyalashgan menejment tizimi xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi yuzasidan Cert International sertifikatsiya organi tomonidan ijobiy xulosa berilganligi alohida ta’kidlandi.

Shunga ko‘ra, tadbir davomida kompaniyaga – atrof-muhit samaradorligini oshirish (ISO 14001), energiya resurslaridan foydalanishni optimallashtirish va energiya xarajatlarini kamaytirish (ISO 50001), mehnat sharoitlarini yaxshilash, jarohatlar va kasbiy xavflarni kamaytirish (ISO 45001) hamda korporativ ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirish (ISO 26000) xalqaro standartlari talablarini o‘zida mujassam etgan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi uchun muvofiqlik sertifikatlari ham rasman topshirildi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati