Munosabatlar
October 9

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro Internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelganligi va bu boradagi murojaatlari samara bermayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati