April 28, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali “SizdanTelegram” Telegram kanalida Qashqadaryo viloyati Koson tumani Do‘stlik mahallasi Usmon Nosir ko‘chasida yashovchi fuqaro xonadoniga internet xizmati ulab berilishini so‘rab qilgan murojaati natijasiz qolayotganligidan shikoyat qilgan.

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan manzilga chiqib, fuqaro xonadoniga allaqchon internet xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratib berishgan va ayni damda mavjud muammo ijobiy hal qilingan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz
@uztelecompress