Munosabatlar
May 22

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Потребитель.Уз” guruhi orqali Sergeli tumanida fuqaro ofisiga Internet tarmog‘i ulatmoqchi bo‘lganligi biroq bu borada naticha bo‘lmayotganligi yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchi bilan bo‘lanilib, mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati