Munosabatlar
April 30
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Tashkent_Land” Telegram kanali orqali fuqaro Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi hududidan o‘tkazilgan aloqa kabellari tartibsiz holga kelib qolganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari murojaatni manzilga chiqib o‘rganishganda tartibsiz holga kelib qolgan kabellerning aloqa simlari emasligiga oydinlik kiritilganligi bildiriladi.