Munosabat
Telegram ijtimoiy tarmogʻidagi “ELTUZ” kanalidagi xabariga munosabat
“O‘zbektelekom” AJ koll-markazi (1099 raqami) faoliyati yuzasidan bildirgan murojaat ko‘rib chiqildi va quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Murojaatda keltirilganidek, sun’iy navbat tashkil qilinishi haqidagi da’vo asossizdir. Call-markazdagi navbat tartibi maxsus avtomatlashtirilgan tizim orqali belgilanadi va unga inson omili orqali aralashuv mumkin emas.
“Navbatsiz qo‘ng‘iroq” xizmati xalqaro tajriba asosida joriy etilgan bo‘lib, u abonentlarga “1099” qisqa raqamiga murojaat qilganida operator bilan navbatsiz va tezkor bog‘lanish imkonini beradi. Ushbu xizmat ixtiyoriy bo‘lib, asosiy navbat tizimiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Mazkur xizmat, asosan, o‘z vaqtini tejashni istagan yoki xizmatlardan faol foydalanadigan, shu jumladan, biznes ehtiyojlariga ega bo‘lgan abonentlar uchun mo‘ljallangan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu xizmat turi oddiy fuqarolarning huquqlarini cheklamaydi — umumiy bepul navbat tizimi saqlab qolin gan va barcha abonentlar uchun ochiq.
Ayni paytda kompaniya call-markaziga murojaat qilish imkoniyati mavjud bo‘lib, qo‘ng‘iroqlar navbat asosida, tizim tomonidan avtomatik tarzda qabul qilinmoqda. Hozirda navbat shakllanmagan.
“Navbatsiz qo‘ng‘iroq” xizmati jismoniy shaxslarga hamda “Mobil byudjet” xizmati ulangan yuridik shaxslarga taqdim etiladi. Xizmatni “MyUZTELECOM” mobil ilovasi, USSD-so‘rov, Kompaniyaning xizmat ko‘rsatish ofislari yoki Kontakt markazi orqali faollashtirish va o‘chirish mumkin.
Sizning murojaatingiz asosida mazkur masala yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlandi. Agar aniq shaxslar yoki manbalar orqali majburiy to‘lov taklifi bo‘lgan bo‘lsa, iltimos, qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim eting.
“O‘zbektelekom” AJ shaffoflik, insoflik va adolat prinsiplariga asoslangan xizmat ko‘rsatishni ustuvor vazifa deb biladi.