Munosabatlar
October 24, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Jurnalistuz” hamda “BASTION” Telegram kanallari orqali Xorazm viloyati Bog‘ot tumani “Mehnat guli” MFY aholisi “Bilayn”, “Yucell”, “Mobiuz”, “Uztelecom” kompaniyalari antennalaridan tarqaladigan aloqa qoniqarsiz ekani ta’kidlangan murojaat e’lon qilingan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan masalani atroflicha o‘rganib chiqib, hudud aholisi murojaatda mobil aloqa sifati pastligi va mazkur masalada UZTELECOM aloqa operatoriga e’tirozlari yo‘qligiga oydinlik kiritildi. Shunday bo‘lsada murojaat kelgusi faoliyatlar rejasi uchun ma’lumot o‘rnida qabul qilinganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati