Munosabatlar
Today
Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, fuqaro Facebook tarmogʻidagi shaxsiy sahifasida Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan internet xizmati tezligi yuzasidan shikoyat qilib murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan masalaga aniqlik kiritish va muammoni bartaraf etish uchun zaruriy qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi so‘ralganligi maʼlum qilinadi.
So‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilishi bilan murojaat ijobiy hal etishga yo‘naltirilishi bildiriladi.