January 25, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “NazoratUz” Telegram kanali orqali joriy yilning 25-yanvar kuni kunduzgi vaqt bilan 10:50 ga yaqin Toshkent shahar Yunusobod tumani hududida yashovchi fuqaro tomonidan Internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligi borasida murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgach, bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaat manziliga yetib borishdi va qisqa fursat – 2 soat ichida muammoni ijobiy hal etishdi. Ayni paytda murojaatda keltirilgan nosozliklar bartaraf etilib, fuqaroga Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati tiklab berilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress