Munosabatlar
Today

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali orqali fuqaro Andijon viloyati Baliqchi tumani Chinobod shaharchasi “Zahkash”, “To‘da”, “Qiyali”, MFYlari hududida mobil aloqa tarmog‘i ishlash sifatida muammo yuzaga kelayotganligi bilan bog‘liq murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi va bo‘linma mutaxassislari ushbu murojaat yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berganligi hamda murojaat nazoratga olinib, ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati