Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali “Shokirjonov kanali” telegram kanali orqali Samarqand viloyati Oqdaryo tumani, Saydon Kelachi qishlog‘ida yashovchi fuqaro ko‘plab murojaatlardan keyin qishloq hududiga internet simlari tortib kelinganligi lekin bu simlar qishloqning yarimigacha ham bormaganligi bo‘yicha murojaat yo‘llagan. Shuningdek, murojaatda qolgan simini aholining o‘zlari pul to‘lab, tortib kelishlari kerak ekanligi aytib o‘tilganligidan shikoyat qilgan.
https://t.me/shokirjonov/3800
Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, ushbu masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. Ushbu murojaat bо‘yicha Oqdaryo tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi mutaxassislari shug‘ullanib, vaziyatga oydinlik kiritgan. Unga ko‘ra, ayni paytda murojaatda keltirilgan manzil Saydon Kelachi qishlog‘ida tarmoqqa ulanish uchun texnik imkoniyat mavjud. Biroq, murojaatda fuqaroning ismi sharifi va u bilan bog‘lanish uchun biror manba (telefon raqami) keltirilmaganligi hamda “Shokirjonov kanali” telegram kanali admini bilan bog‘lanib bo‘lmaganligi sababli, murojaatni manzilli o‘rganib chiqishning imkoni bo‘lmagan. Shunga muvofiq, agar murojaatchiga uzoqlik qilmasa Oqdaryo TTB murojaat qilinsa, fuqaro muammosi yuzasidan o‘rnatilgan tartibda amaliy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilinadi. Bu borada hech kim e’tibordan chetda qoldirilmaydi.