Munosabatlar
May 8

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Eltuz portali” Telegram kanali orqali fuqaro Samarqand shahar “Said” MFY hududidagi xonadonlar yaqinida o‘rnatilgan Kompaniyaga qarashli tayanch aloqa stansiyasi aholi salomatligiga zararli radiatsiya tarqatmoqda degan mazmunda murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, mazkur hududda haqiqatan ham tayanch aloqa stansiyasi o‘rnatilgan. Biroq ushbu qurilma radiatsion emas, elektromagnit tulqinlar asosida ishlaydi va aholi salomatligiga zarar yetkazmaydi. Bu haqda murojaatchiga ham ma’lum qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati