Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Soyalar_xabari” Telegram kanali orqali Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro internet tarmog‘ida kuzatilayotgan uzilishlar bo‘yicha qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga yo‘naltirilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatda keltirilgan masalaga oydinlik kiritish maqsadida mazkur Kanal adminiga murojaatchi bilan bog‘lanish uchun qo‘shimcha ma’lumot so‘rab so‘rov qoldirgan.

Qayta javob olinishi bilan mazkur murojaat ijobiy hal qilishga yo‘naltirilishi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati