Munosabatlar
April 24

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “XALQ DARDI” Telegram kanali orqali fuqaro Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri O‘zbekiston tumani hududida aloqa aloqa kabellari tartibsiz holga kelib qolganligidan shikoyat qilib murojaat qoldirgan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari mavjud masalani nazoratga olib, muammoni bartaraf etganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati