Munosabatlar
November 20

RASMIY BAYONOT

“Taftish.uz” kanalida e’lon qilingan xabarlarga nisbatan “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mazkur kanalda tarqatilgan da’volar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi hamda Kompaniya xodimlari faoliyatiga nisbatan ilgari surilgan ayblovlar asoslanmagan. E’lon qilingan ma’lumotlar faktlar bilan tasdiqlаnmagan.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, bundan avval “Taftish.uz” kanali muxbiri “O‘zbektelekom” AK ofisiga tashrif buyurgan, u tomonidan bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda qabul qilingan, ko‘rib chiqilgan vа ularga o‘z vaqtida yozma javoblar taqdim etilgan. Kompaniya doimo ochiqlik vа qonuniylik tamoyillariga amal qilgan holda OAV bilan muloqot olib boradi.

Shunga qaramay, mazkur kanal tomonidan keyinchalik e’lon qilingan videomateriallarda faktlar buzib ko‘rsatilgan, holat mohiyati noto‘g‘ri talqin qilingan vа jamoatchilikni chalg‘ituvchi xulosalar berilgan. Bu esa professional axborot yoritish tamoyillariga ziddir.

“O‘zbektelekom” AK faoliyatida barcha xizmat jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi vа Kompaniya ichki reglamentlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kompaniyada noqonuniy harakatlar yoki shaxslar huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Taftish.uz” kanali ma’muriyatidan jamoatchilikni chalg‘ituvchi vа tekshirilmagan axborotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Bunday ma’lumotlar Kompaniya sha’ni vа ishchanlik obro‘siga asossiz zarar yetkazadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan (yolg‘on) axborot tarqatish uchun javobgarlik belgilangan.

“O‘zbektelekom” AK o‘z faoliyatida ochiqlik, qonuniylik vа mas’uliyat tamoyillariga amal qilgan holda, har qanday rasmiy murojaatlarni ochiq muhokama qilishga va belgilangan tartibda ko‘rib chiqishga tayyor.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati