Munosabatlar
January 25

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel.Uz” guruhida fuqaro internet tezligi bilan bog‘liq holat bo‘yicha murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan Guruh adminiga qayta aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmaganligi sababli murojaatchining shaxsiy profilining shaxsiy xabarlar bo‘limida murojaat bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi so‘ralgan.

Biroq, hanuzgacha murojaatchi tomonidan zaruriy ma’lumotlar taqdim etilmagan. Murojaat mutaxassislar nazoratida ekanligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati