Munosabatlar
July 29

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqaro Facebook tarmogʻidagi "ХАЛҚ НАЗОРАТИ—НАРОДНЫЙ КОНТРОЛЬ" guruhi orqali hisobidan ortiqcha mablag‘ yechilayotganligini ta’kidlab murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olinganligi bildiriladi.

O‘rganishlar natijasida masalaga oydinlik kiritilib murojaatchiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati