Munosabatlar
September 16

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘igi “Jizzaxliklar” guruhi orqali viloyatdagi Oqqurg‘onlik mahallasi R.Shonazarov ko‘chasida yashovchi fuqaro hududda Internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari tomonidan mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati