Munosabatlar
September 4
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Reforma.Uz” Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Maylaboy MFYda Internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilganligi yuzasidan murojaat yo‘llangan.
Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari tomonidan mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.