Soha yangiliklari
February 27

“MWC Barcelona-2024” Jahon mobil kongressida UZTELECOM delegatsiyasi ishtirok etmoqda

Ayni kunlarda Ispaniyaning Barselona shahrida “MWC Barcelona-2024” Jahon mobil kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Unda UZTELECOM delegatsiya vakillari ham ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida UZTELECOM Internet sinovlari sohasida tan olingan jahon yetakchisi – Ookla® kompaniyasining ikkita oliy mukofoti bilan taqdirlandi. 2023-yilning 3-4-choragi bo‘yicha Ookla® kompaniyasining “Eng tezkor mobil tarmoq” va “Eng yaxshi mobil geyming tajribasi” nominatsiyasi bilan munosib tarzda taqdirlandi.
 
“MWC Barcelona” — xorijiy hukumat rahbarlari, tashkilot va kompaniyalarni bir joyga birlashtiradigan IT-sanoatidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri hisoblanadi. 

UZTELECOM Axborot xizmati