Munosabatlar
January 16

Munosabat

"Oʻzbektelekom" Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan Kompaniya xizmatlariga oid kelib tushayotgan murojaatlar bilan doimiy tarzda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Soyalar xabarlari" Telegram kanali orqali Andijon viloyati Jalaquduq tumani hududida internet tarmogʻida kuzatilayotgan uzilishlar yuzasidan murojaat yoʻllangan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirildi. Oʻz oʻrnida boʻlinma mutaxassislari tomonidan Kanal admini bilan tezkorlik bilan qayta aloqa oʻrnatilib, murojaat haqida batafsil maʼlumot taqdim etishi soʻralgan edi.

Biroq, afsuski Kanal ma’muriyati tomonidan biror javob yoki mazkur murojaat yuzasidan so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilmaganligi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" Axborot xizmati