July 27, 2022

Erishilgan natijalar

#yoshlar_etirofi

O‘quv kursi doirasida:

So‘nggi uch kun davomida faoliyatim uchun muhim bo‘lgan ko‘pgina ma’lumotlarga ega bo‘ldim, barchasi yuqori saviyada tashkil qilingan. O‘quv kursining men uchun eng muhim jihati tajribali mutaxassislarning ma’ruzalari bo‘ldi. O‘zlashtirgan bilimlarimiz kelgusi faoliyatimizda asqotishiga aminman. Sababi, belgilangan ma’ruzalar uchun mavzular ham shunga ko‘ra tanlab olingan. Bu Kompaniya tomonidan biz yoshlarga qaratilgan e’tibor va imkoniyatdir. Fursatdan foydalanib, “O‘zbektelekom” AK va filialimiz rahbariyatiga hamda o‘quv kursi tashkilotchilariga minnatdorlik bildiraman. Bu yerda orttirgan bilimlarimizni ish faoliyatimizdagi ijobiy muvaffaqiyatlar bilan oqlashga va’da beramiz.

Nargiza ABDURAHMONOVA,

“O‘zbektelekom” AK

“OʻzMobayl” filiali yoshlar yetakchisi

@uztelecomuz

@uztelecompress