May 30, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM milliy operatori xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi abonent tomonidan Internetga ulanish xizmatlari tanqid ostiga olingan. https://www.facebook.com/arslan.kaplan.9022/posts/1233274207495883

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. Hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan murojaatda keltirilgan masala o‘rganilganda abonent hisobidagi mavjud qarzdorlik sabab, muammo yuzaga kelgan kelganligi aniqlanib masala o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal etilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress