Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda “Қўрқма” Telegram kanali orqali o‘zlarini “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali xodimi nomidan ekanligi aytilgan va rahbariyat tomonidan xodimlarning ish haqlari hisobidan Kompaniya aksiyalarini majburiy tartibda sotib olish topshirig‘i berilganiga tanqid ostiga olingan murojaat e’lon qilingan.
Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Haqiqatan ham ayni paytda IPO jarayoni orqali Kompaniyaning taxminan 2% oddiy aksiyalari chiqarilgani e’lon qilingan. Bu bilan Kompaniya faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda sof foydasining kamida 30 foizini aksiyadorlarga divident to‘lash uchun ajratish ko‘zda tutilgan. O‘z navbatida xodimlarga ham ushbu aksiyalardan ma’lum miqdorda faqat ixtiyoriy ravishda o‘z mobil ilovalari orqali sotib olishlari mumkinligi aytib o‘tilgan. Shunday bo‘lsada mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi va hozirga qadar aksiyalarni sotib olish yoki sotib olmaslik masalasida Filial rahbariyatiga xodimlardan murojaatlar kelib tushmaganligi ochiqlanganligi bildiriladi.