November 18, 2021
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Zangiota tumani, Fayz MFY, TMK ko‘chasi 2-uyda yashovchi fuqaro uyiga internet tarmog‘i ulab berishlari bo‘yicha murojaati 2 oydan buyon e’tiborsiz qoldirilayotganligi yuzasidan shikoyat qilgan. https://t.me/muxbir1/12840
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, murojaat tegishli hududiy bo‘linmaga yuborilgan va hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.