Munosabatlar
January 23
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Потребитель Бухара” Telegram kanali orqali Buxoro shahri “Buyrobofon” ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘i ishlamayotganligi, holat yuzasidan qilingan murojaatlar hududiy bo‘linmalar tomonidan e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berilganligi va murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.