Munosabatlar
October 9, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi Facebook guruhi orqali Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro internet tarmog‘ida yuzaga kelayotgan uzilishlardan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaat manziliga borib, mavjud muammoni bartaraf etishdi va murojaat ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.