Munosabatlar
November 12
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro Internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelganligi munosabati bilan amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bo‘lanib, holat yuzasidan tushuntirish berganligi hamda mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.