Munosabatlar
November 6

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro internet tezligi sifati bilan bog‘liq murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda mazkur masala bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati