December 3, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Vori qishlog‘i fuqarolari hududda telefon aloqalari va internet tarmog‘i yaxshi ishlamasligidan shikoyat qilgan. https://t.me/elmurodblog/8692

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, murojaatda keltirilgan masala bo‘yicha tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida ushbu masala hududiy bo‘linma tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress