July 28, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyati Xazorasp tumani Ovshar qishlog‘i Ovshar mahallasi Al-Xorazmiy ko‘chasi 32-uyda yashovchi fuqaro 5 kundan buyon internet tarmog‘ida nosozliklar kuzatilayotganligi va bu boradagi murojaatlari natijasiz qolayotganligidan shikoyat qilgan.

https://t.me/muxbir1/17360

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ya’ni “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali Xazorasp TTB va Filial mutaxassislari mazkur abonent tomonidan 2022-yil 26-iyul kuni kelib tushgan og‘zaki murojaatga asosan 2022-yil 27-iyul kuni hududning texnik mutaxassislar tomonidan nosozlik bartaraf qilinib, fuqaroning murojaati ijobiy hal qilingan. Shu bilan birga, murojaatchiga bunday vaziyatlarda yanada qulay variant – 1084 qisqa raqamiga murojaat qilish maqsadga muvofiqligi tushuntirildi. Shunga ko‘ra, fuqaro Filial mutaxassislari bilan suhbatda murojaatida ko‘rsatilgan barcha vajlar yuzasidan batafsil ma’lumot olganligi va qo‘shimcha e’tirozlari yo‘qligini bildirilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress