Munosabatlar
April 5
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda "Юнусабадцы_24" Telegram kanali orqali hududdagi aloqa qudugʻida qazish ishlari amalga oshirilgandan soʻng tashqi qismida toʻliq taʼmirlash ishlari olib borilmaganligi taʼkidlangan murojaat yoʻllangan.
Mazkur murojaat boʻyicha "Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati hududiy boʻlinmaga xabar berganligi va mavjud muammo boʻlinma mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilganligi hamda murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.