January 16, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Muxbir Daliyev” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Izboskan tuman Shinam MFY Shinam ko‘chasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar Internet tarmog‘iga ulanmoqchi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari bo‘icha ish boshlanib, e‘tiborsiz tashlab qo‘yilganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan ayni paytda murojaatda keltirikgan muammo ijobiy hal etilgan va fuqarolarning Internet tarmog‘idan foydalanishi uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratib berilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress