November 26, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Yangiyo‘l tumani Mevazor mahalla Namuna ko'chasi 2-uyda yashovch fuqaro Wi-fi o‘rnatish bo‘yicha qoldirgan arizasiga hanuzgacha javob bo‘lmayotganligidan shikoyat qilgan. https://t.me/Yangiyolliklar/28180

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, murojaat tegishli hududiy bo‘linmaga yuborilgan. Bugungi kunda mazkur murojaatchi bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilib masala ijobiy hal etilgan.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress