Munosabatlar
July 14

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “XALQ BILAN MULOQOT” guruhi orqali Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi fuqaro Kompaniyaning hududiy filialida faoliyat yuritishi va yaqinda ishdan nohaq bo‘shatilganligini vaj qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilganligi va murojaatda keltirilgan masala ma’lumot uchun qabul qilinganligi hamda mazkur holat nazoratga olinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati