December 24, 2025
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, fuqaro ijtimoiy tarmoqdagi Facebook sahifasi orqali Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan ma’lum ATSlarda aloqa uzilib qolganligidan aholi aziyat chekayotganligi bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.
Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda mazkur masala bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olinganligi va aholiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi bildiriladi. Ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.