Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Facebook tarmogʻidagi shaxsiy sahifasi orqali fuqaro Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumani Jonbuloq mahallasi hududida aloqa tarmogʻi sifati pastligi yuzasidan oldin ham murojaat qoldirganligi, shunday bo‘lsa-da mazkur masala hanuz ijobiy yechim topmaganligi yuzasidan murojaat qoldirgan.

Kompaniya Axborot xizmati mazkur murojaat bo‘yicha oldingi bergan ma’lumotlarida ham mazkur masala ish rejasiga kiritilganligini xabar berganligi hamda mutasaddilarning doimiy nazoratida ekanligini bildiradi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati