Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “7 KUN” guruhi orqali Farg‘ona viloyati So‘x tumani hududida Wi-Fi tarmog‘i ishlash tizimida yuzaga kelgan uzilishlar yuzasidan murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchiga qayta aloqaga chiqishgan va zaruriy qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi so‘ralgan.

E’tiborlisi, fuqaro Facebook tarmog‘idagi “ХАЛҚ НАЗОРАТИ – НАРОДҚЙ КОНТРОЛЬ” guruhida ham ayni shu mazmundagi murojaatini qoldirgan.

Mazkur murojaat dastlabki e’lon qilinishidayoq murojaatchi bilan qayta aloqaga chiqilib, fuqarodan zaruriy qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi so‘ralgan. Biroq, hanuzgacha so‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilmagan.

Shu o‘rinda: Kompaniyaning har doim muloqotga tayyor ekanligini bildirgan holda, fuqarolardan va murojaatlarni e’lon qilayotgan ijtimoiy tarmoqdagi ayrim rasmiy kanal mas’ullariga murojaat yo‘llash tartibiga amal qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini eslatib o‘tgan bo‘lar edik.

Murojaat nazoratga olingan, holatga oydinlik kiritilishi bilan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati