Munosabatlar
March 3
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Tashkent_Land” Telegram kanali orqali fuqaro Olmazor tumani hududida kuchli yog‘ingarchilik natijasida aloqa kabeli tartibsiz holga kelib qolganligi bo‘yicha murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari harakati bilan mavjud muammo tezkorlik bilan bartaraf etilganligi bildiriladi.