November 1, 2021

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Varzak qishlog‘idan hududga optik tolali aloqa liniyasi borganligi, biroq unga ulanishning imkoni bo‘lmayotganligi bo‘yicha murojaat qilgan. https://t.me/muxbir1/12760

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot berilgan. Ushbu masala hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan ijobiy hal etilgan. https://t.me/muxbir1/12833?single

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress