Soha yangiliklari
April 19
Faoliyatlarni yoritishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash davr talabi
“O‘zbektelekom” AK boshqaruv rasining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Timur Mamadjanovning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan xizmat safari davomida Kompaniyaning hududiy filialida uchrashuv o‘tkazildi.
Filial direktori Kayrat Tajenov hamda mas’ullar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda Kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatlarni keng ko‘lamda yoritib borish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv davomida T. Mamadjanov bugungi kunda faoliyatlarni yoritishda shaffoflik va ochiqlik indeksi ta’minlanishi darajasini oshirish, bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha so‘z yuritdi.
Uchrashuv so‘ngida mavzu yuzasidan amalga oshirilish lozim bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.