Munosabatlar
August 25, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Кеша | порлоқ йўл совхози” telegram kanali orqali Toshkent viloyati Ohangaron shahridan aholi turur joyiga yaqin masofada tayanch baza stansiyasi qurilayotganligi va bu amaldagi tartib qoidalarga to‘g‘ri kelish, kelmasligiga oydinlik kiritib berilishini so‘rab murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida mazkur tayanch baza stansiyasi hali ishga tushirilmagan (sektorlar ilinmagan)ligi hamda murojaatdan kelib chiqib, tayanch baza stansiyasining keyingi faoliyati qayta ko‘rib chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati