November 19, 2022
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “NazoratUz” telegram kanali orqali Kompaniya tomonidan ko‘rsatib kelinayotgan internet xizmatlari sifati, jumladan, internet tezligi talab darajasida emasligidan shikoyat qilingan.
https://t.me/NazoratUzOfficial/15607
Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, murojaatda keltirilgan masala yuzasidan hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatda ta’kidlangan manzilga chiqib, yuzaga kelgan muammoni bartaraf etishganligi va ayni paytda muammo ijobiy hal qilinganligini ma’lum qilamiz.