Munosabatlar
October 28

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali Farg‘ona tumani Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaro yashash hududidan o‘tkazilgan aloqa kabellari tartibsiz holga kelib solganligi bo‘yicha murojaat yo‘llagan.

Murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berildi. Bo‘linma mutaxassislari masalaga oydinlik kiritishganda hududdagi elektr ustunlari almashtirilishi natijasida mazkur holat yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldii. Ayni paytda aloqa kabelleri tartibga solinib murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati