Munosabatlar
June 3

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "BASTION" Telegram kanali orqali fuqaro Andijon viloyati hududida internet tarmogʻi hamda mobil aloqa sifatida uzilishlar yuzaga kelayotganligi bilan bogʻliq murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilganligi va murojaat nazoratga olinganligi bildiriladi.

Shuningdek, murojaatda keltirilgan masalaga oydinlik kiritish maqsadida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan mazkur murojaat yoritilgan axborot kanali ma’muriyatiga qo‘shimcha ma’lumot so’rab xabarnoma qoldirgan. Mutaxassislar so‘roviga javob berilishi bilan murojaat ijobiy hal qilinishga yo‘naltirilishi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati