Munosabatlar
May 13
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘ida uzilish yuzaga kelganligi va bu boradagi murojaatlari natijasiz qolayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, mavjud muammo o‘rnatilgan tartibda ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.