May 24, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Twitter tarmog‘i orqali UZTELECOM operatorlari telefon qo‘ng‘iroqlariga vaqtida javob bermasligidan shikoyat qilingan.
Murojaat yuzasidan Kompaniya operatorlari murojaatchidan masalaning mohiyatini yaqindan o‘rganmoqchi bo‘lib munosabat bildirishganda, fuqaro ushbu holatni e’tiborsiz qoldirganligi sababli murojaatda keltirilgan masala ma’lumot uchun qabul qilinganligi ma’lum qilinadi.