Munosabatlar
April 26

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan ijtimoiy tarmoqdagi "Потребитель.Уз" Telegram kanali orqali raqamiga qo‘shimcha xizmatlar ulanib qolinganligi bo‘yicha shikoyat qilib murojaat qoldirilgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirildi. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan qayta aloqa o‘rnatish orqali murojaat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘raganligi hamda murojaat ijobiy hal e‘tish maqsadida nazoratga olinganligi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati