November 29, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Кушербаевга мурожаат” telegram kanali orqali Surxondaryo viloyati Boysun tumani Qizilnavr mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolar hududga Kompaniyaga tegishli baza stansiyasi qurilganligi, biroq hanuzgacha ishga tushirilmaganligidan shikoyat qilishgan.

https://t.me/Kusherbayevga_murojaat/1366

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan va mazkur masala hududiy bo‘linma mutaxassislarining nazoratiga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress