Munosabatlar
January 6

Munosabat

"O‘zbektelekom" AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Mazkur murojaatlar yuzasidan ma’lum qilamizki, haqiqatdan ham “O‘zbektelekom” AK tarmog‘ida rejalashtirilgan texnik ishlar amalga oshiriladi.

Xususan, 2026-yil 6-yanvar soat 22:00 dan 7-yanvar soat 06:00 ga qadar Buxoro hududida optik tolali aloqa kabellarini (OTAK) to‘g‘ridan to‘g‘ri ulash bo‘yicha rejalashtirilgan texnik ishlar olib borilishi belgilangan. Ushbu ishlar Buxoro ShATS va ATS-223, shuningdek, ATS-225 va ATS-226 o‘rtasidagi aloqa liniyalarida amalga oshiriladi.

Texnik ishlar jarayonida ayrim magistral oqimlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu holat tarmoq infratuzilmasini optimallashtirish, ishonchliligini oshirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan rejalashtirilgan ishlar bilan bog‘liq.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur texnik ishlar haqida oldindan Kompaniyaning rasmiy veb-sayti — uztelecom.uz orqali tegishli xabarnoma joylashtirilgan bo‘lib, abonentlar va manfaatdor tomonlar belgilangan tartibda xabardor qilingan.

“O‘zbektelekom” AK abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar uzluksizligi va sifatini ta’minlash maqsadida tarmoq infratuzilmasini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kompaniya faoliyati va texnik ishlar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar bilan faqat uztelecom.uz sayti orqali tanishib borish tavsiya etiladi.

Shuningdek:

Ijtimoiy tarmoqdagi "ЖАМОАТ НАЗОРАТИ" Telegram kanali orqali ham Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Naqshband ko‘chasida joylashgan xonadonlarda internet tarmog‘ida kuzatilayotgan uzilishlar yuzasidan murojaat yo‘llangan.

Ushbu holat bo‘yicha tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan va holat nazoratga olinib, Bo‘linma mutaxassislari hudud aholisi bilan zaruriy tushuntirishlar olib borilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati